LOGISTIKА

INTERMODАL YUK TАSHISH

CLK bir nechta transport turlarida tashiladigan yuklarni transport turini oʼzgartirganda, yukni qayta yuklamasdan integratsiyalangan tizimlardan foydalangan holda, oʼzi faoliyat koʼlami bilan qamrab olingan jugʼrofiy mintaqaning muhim nuqtalarida joylashgan dispetcherlik boʼlimlari yordamida yetkazib berishni amalga oshirishi mumkin. Qator transport turlarini oʼz ichiga qamrab olgan ushbu qoʼshma logistika xizmatlari mijozlarga ham iqtisodiy, ham barqarorlik jihatidan afzalliklar yaratib beradi. Intermodal yuk tashish tizimi atrof-muhitga salbiy taʼsirni minimallashtirib, hususan temir yoʼl va dengiz transportidan foydalanishda barqarorlikni taʼminlashda oʼz hissasini qoʼshadi. Shu munosabat bilan, soʼnggi yillar davomida intermodal yuk tashish usuli eng koʼp qoʼllaniladigan qoʼshma yuk tashish transport turiga aylandi.

TEMIR YOʼL TRАNSPORTI

Temir yoʼl transporti yuk tashish koʼlami va xarajat elementlari nuqtai nazaridan ahamiyati va kelajakdagi salohiyati tufayli CLK tomonidan koʼrsatiladigan logistika xizmatlari qatoriga kiritilgan. Boku-Tbilisi-Kars temir yoʼl liniyasi va Kaspiy dengizini kesib oʼtuvchi temir yoʼl marshruti CLK foydalanadigan ikkita asosiy temir yoʼl liniyalari sirasiga kiradi. CLK intermodal transport va anʼanaviy temir yoʼl transporti xizmatlarini koʼrsatishda temir yoʼl transportining narxi va yuk tashishi salohiyatidan kelib chiquvchi afzalliklaridan toʼliq foydalanadi. Kompaniya, barqarorlikni taʼminlovchi shu kabi afzalliklarni oʼz hamkorlari bilan ham baham koʼradi.

DENGIZ TRАNSPORTI

CLK Oʼrta Yer, Marmara, Qora va Аzov dengizlari boʼylab yuklarni Volga-Don kanali orqali daryo qayiqlari yordamida Kaspiy dengiziga yetkazib beradi. Bundan tashqari, kompaniya xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi va nufuzli biznes sheriklari bilan oʼrnatilgan hamkorligi tufayli dengiz yuk tashishi transportiga boʼlgan muayyan ehtiyojlarni, shu jumladan FCL va LCL tipidagi konteynerlarni etkazib berish boʼyicha maxsus xizmatlarni taqdim etadi.

MАXSUS YUK TАSHISH XIZMАTLАRI

CLK maxsus uskunalar va yechimlarni talab qiluvchi katta hajmli va ogʼir vaznli yuklarni tashish boʼyicha loyihaviy yuk tashish xizmatlarini taqdim etadi. Loyihaga yoki buyurtmachiga xos yechimlarni taqdim etish uchun muayyan bilim va tajribani talab qiluvchi mazkur loyihalarda intermodal yuk tashish shaklidan keng foydalaniladi. Mijozlarning talablariga mos keluvchi va innovatsion yechimlarni taqdim etish bilan nom qozongan CLK, uglerod emissiyasi minimal darajada boʼlgan ekologik toza transport turlaridan foydalanishga intiladi. Аvvalgi loyihalarda toʼplangan tajriba hamda mahalliy koʼlamda mustahkam aloqalarni oʼrnatishda koʼmak beruvchi mutaxassisslar va ishonchli mahalliy sheriklar bilan hamkorlik tufayli, CLK oʼz mijozlari bilan bu kabi loyihalarda yaqindan hamkorlik qilib, innovatsion va iqtisodiy tomondan samarali boʼlgan echimlarni taklif etadi.

YOʼL TRАNSPORTI

CLK Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Turkiya boʼylab oʼtuvchi va Yevropani Xitoy bilan bogʼlovchi zamonaviy Ipak yoʼli boʼylab transport xizmatlarini taklif etadi. Qator horijiy ishonchli sheriklar bilan hamkorlikda, CLK muayyan mamlakatlarda toʼliq va qisman transport xizmatlarini amalga oshiradi.

HАVO TRАNSPORTI

Oʼz faoliyati doirasidagi jugʼrofiy mintaqada joylashgan mamlakatlarning milliy aviakompaniyalari bilan oʼrnatilgan yaqin va ishonchli aloqalar tufayli, CLK havo transportining turli yoʼnalishlarida mayda yuk tashish xizmatlaridan charter transportigacha boʼlgan eng ishonchli va tezkor xizmatlarni taqdim etadi.

Head Office

Büyükdere Caddesi No: 163
34394 Zincirlikuyu,
Şişli – İstanbul
+90 (212) 306 50 00
[email protected]

Dubai Office

CLK Transport FZE
Office No: FZJOA2001
Jebel Ali Free Zone
Dubai – Unites Arab Emirates
[email protected]