BIZ HАQIMIZDА

Yillar davomida toʼplangan ish tajribasiga ega boʼlgan Çalık Group kompaniyasi logistika, savdo va xaridlarni bir tizimga birlashtirgan oʼziga hos boʼlgan yagona tashkiliy tuzilmaga ega boʼlib, bu yaqindan hamkorlik aloqalarini oʼrnatish uchun noyob imkoniyat yaratib beradi. Ushbu oʼziga hos tuzilma yordamida, CLK mazkur uchta yoʼnalishning barchasida yuqori samaradorlikka ega boʼlgan yaxlit yondashuvni taʼminlaydi.

Yoʼl, havo, dengiz va temir yoʼl transporti

Yoʼl, havo, dengiz va temir yoʼl transporti orqali amalga oshiriladigan logistik xizmatlaridan tashqari, CLK shuningdek, iqtisodiy samarali va vaqtni tejovchi, hamda ekologik jihatdan ham barqaror intermodal transport xizmatlarini taqdim etadi.

CLK ning oʼziga hos hususiyatlaridan biri bu uning faoliyat koʼlamidir; Xitoydan Аtlantika okeanigacha boʼlgan masofani qamrab olgan zamonaviy Ipak yoʼlidagi faoliyat va dunyo miqyosidagi professional transport xizmatlari CLKni oʼz raqobatchilari orasida yengib boʼlmaydigan kompaniyaga aylantiradi.

Turkiyadan boshqa, CLK Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Oʼzbekiston va Xitoy kabi asosiy yoʼnalishlarda oʼz vakolatxonalariga ega boʼlib, Gollandiya va Dubayda filiallari mavjud. CLK keng jugʼrofiy hududda yuqori talabga ega boʼlgan mahsulotlar va materiallarni sotish va sotib olishda muhim rol oʼynaydi.

Head Office

Büyükdere Caddesi No: 163
34394 Zincirlikuyu,
Şişli – İstanbul
+90 (212) 306 50 00
[email protected]

Dubai Office

CLK Transport FZE
Office No: FZJOA2001
Jebel Ali Free Zone
Dubai – Unites Arab Emirates
[email protected]