BАRQАRORLIK

Umumeʼtirof etilgan taʼrifga koʼra, barqaror rivojlanish «kelajak avlodlarning oʼz ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga ziyon etkazmasdan hozirgi zamon ehtiyojlarini qondirish» ni anglatadi. Hozirgi davrda iqlim oʼzgarishi sayyoramizning eng dolzarb muammollaridan biri boʼlib, kelajak avlodlarga sayyorani oʼzini oʼzi taʼminlaydigan tizim sifatida qoldirish bizning burchimizdir. Ushbu masʼuliyatni anglagan holda, CLK uglerod emissiyasi minimal darajada boʼlgan muqobil transport turlarini taklif qiladi va qazilma yoqilgʼisida ishlaydigan transport turlaridan kamroq foydalanishga intiladi.

Bizning barqaror atrof-muhit siyosatimiz:

  • Аmalga oshirayotgan loyihalarimizda Turkiyaning ekologiya boʼyicha qonunchiligi va kompaniyamiz faoliyat yuritayotgan tegishli davlatlarning qonunlariga rioya qilgan holda, xalqaro standartlarga javob beradigan samarali amaliyotlarni hayotga tadbiq etamiz,
  • Barqarorlik siyosatiga urgʼu berish va yuqori ehtimollik bilan kiritilishi mumkin boʼlgan boshlangʼich sarmoyalar asosida, biz oʼz faoliyatimiz natijasida kelib chiqadigan ekologik va ijtimoiy xavflarni minimallashtirishga yoʼnaltirilgan ekologik toza texnologiyalarni tanlaymiz va ularni doimiy ravishda rivojlantirib boramiz,
  • Biz ekologik muammolarni barcha investitsiyalar, xaridlar va xizmatlarni amalga oshirishda eʼtiborga olamiz,
  • Biz atrof-muhitga oid bilimlarni hayot falsafasiga aylantirish maqsadida yuqori darajali boshqaruvchilardan tortib quyi darajadagi barcha xodimlar uchun ekologik muammolar boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari tashkillashtirib, subpudratchilarimiz va yetkazib beruvchi hamkorlarimiz orasida ekologik va ijtimoiy javobgarlikni targʼib qilamiz,
  • Аtrof-muhit havfsizligi haqida qaygʼuruvchi kompaniya sifatida biz oʼz faoliyatimizda energiya sarfini kamaytirishga imkon qadar intilamiz,
  • Biz chiqindilarni barqaror boshqarish, chiqindilar toʼplanishini minimallashtarish, chiqindilarni yoʼqotish va qayta ishlash orqali atrof muhitning ifloslanishni kamaytirishga harakat qilamiz,
  • Аtrof-muhitga minimal darajada zarar keltiradigan alternativ transport vositalaridan foydalanamiz,
  • Biz CO2 gazlarini kamaytirish uchun eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan transport vositalariga sarmoya kiritib, ishlab chiqarish va xizmatlar natijasaida ajralib chiqadigan CO2 gazlarini kamaytirishga intilamiz,
  • Biz boshqaruv tizimlaridan samarali foydalanamiz va shu borada muntazam ravishda atrof-muhit holati boʼyicha tahlillarni oʼtkazamiz,
  • Biz faoliyatimizning barcha bosqichlarini tahlil qilish orqali barqarorlik amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirib va yangilab boramiz,
  • Biz oʼz faoliyatimizni barqaror rivojlanish yondashuvi asoslarida davom ettirib, kelajak avlodlarga sogʼlom atrof muhitni talofotlarsiz yetkazishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga intilamiz,
  • Biz barqaror atrof-muhitni avaylash siyosati bilan bogʼliq amaliyotni manfaatdor tomonlar bilan oshkora ravishda baham koʼramiz.

Head Office

Büyükdere Caddesi No: 163
34394 Zincirlikuyu,
Şişli – İstanbul
+90 (212) 306 50 00
[email protected]

Dubai Office

CLK Transport FZE
Office No: FZJOA2001
Jebel Ali Free Zone
Dubai – Unites Arab Emirates
[email protected]